Kasallikning kelib chiqish sabablari: Infeksiya yuqishidan − patogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan, to'qimalardan va ichakdan peshob yo'liga kirib, yuqoriga ko'tariladi va qovuqqa tushib yallig'lanadi. Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta'sirida bo'lishi mumkin. Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o'choqlaridan o'tishi mumkin. Sistitga olib keluvchi omillar: tanadan sovuq va zah o'tishi; gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, homiladorlik, tug'ish, ayollarda menopauza, prostata bezining yallig'lanishi; jarohatlar, uretrada tibbiy manipulyatsiyalardan keyin; qandli diabet, semirish, o'troq hayot tarzi; ko'p miqdorda achchiq, sho'r va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish.
SURUNKALI PROSTATIT VA PROSTATA BEZI ADENOMASINI DAVOLASHDA INQILOB
Sistitning belgilari qorinning pastki qismida og'irlik; og'riq;
peshob vaqtida og'riq; achishish va yonish hissi; loyqalangan va kam
miqdorda tez- tez peshob; siydikda shilliq va qon paydo bo'lishi; peshob
chiqarishga yolg'on va og'riqli istak; peshob tutolmaslik; tana
haroratining ko'tarilishi. Surunkali sistit belgilari o'tkir sistitga
nisbatan kam. Kasallik vaqtincha susayishi mumkin, remissiya davri yil
davomida qo'zg'alish davri bilan almashib turadi va yildan yilga
davomliroq bo'ladi. Sistit diagnostikasi umumiy qon tahlili; umumiy
siydik tahlili; siydikni bakteriologik tekshirish; siydik pufagining
UTTsi; sistoskopiya. Sistitning asoratlari surunkali piolonefrit
rivojlanishi; buyrakning atrofiyasi va buyrak yetishmaslik kasalligi;
agar davolanmasa, siydik pufagi kichrayadi va peshob saqlash
funksiyasini to'liq yo'qotishi mumkin. Sistitni davolash Kasallikni
davolash paytida bemor zirovorlarga boy, achchiq, sho'r, tuzlangan
ovqatlardan, spirtli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr
suv ichishi kerak. Infeksion sistitda antibiotiklar, fitopreparatlar,
yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi dorilar qo'llaniladi (dorilar
turini va dozasini shifokor belgilab beradi) Tos a'zolari infeksiyasini
davolash. Davolashda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar O'tkir
sistit davri 7-14 kun. Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida
yengillik paydo bo'lishi mumkin. Аmmo siydik tahlillari to'liq
me'yorlashgunga qadar dorilarning dozasini va qo'llash chastotasini
to'xtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Аgar davolanish muddatdan oldin
to'xtatilsa, sistit belgilari yana paydo bo'ladi. Faqat keyingi safar
uni davolash qiyinroq bo'ladi, surunkali sistit holatiga o'tadi.
Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning
uchun shifokor nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat
antibiotiklar, fitopreparatlarni o'zi kamlik qiladi, qo'shimcha
immunomodulyatorlar, bakteriofaglar, qon aylanishini yaxshilaydigan
dorilar, vitamin va antioksidantlar buyuriladi. Sistitning oldini olish
Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik iste'mol qilish, surunkali infeksiya
o'choqlarini davolash, ginekologik va andrologik kasalliklarni davolash,
gigiyenaga rioya qilish, siydik pufagini vaqtida bo'shatish, zirovor,
achchiq, sho'r taomlardan foydalanishni cheklash, tanani sovuq va zahga
nisbatan chiniqtirish zarur. Mavzuga doir: Buyraklar ishdan chiqishiga
sabab bo'ladigan 6 odat Nozik masala: bavosil kasalligini qo'zg'atishi
mumkin bo'lgan 5 odat Buyrak saratonidan darak beradigan 7 simptom.